Surxondaryoda to‘rt oyoqli chaqaloq tug‘ildi va operatsiya qilindi

Surxondaryoda to‘rt oyoqli chaqaloq tug‘ildi va operatsiya qilindi
Qisqacha

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida to‘rt oyoqli chaqaloq tug‘ildi va Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida operatsiya qilindi. Bola siam egizagi bilan tug‘ilgan va qo‘shimcha oyoqlar hamda jinsiy a’zo aniqlangan. Dastlabki jarrohlik amaliyoti hayotini saqlash uchun o‘tkazildi, 13 may kuni esa ortiqcha oyoqlar olib tashlandi. Hozirda chaqaloq shifokorlar nazorati ostida va uning ahvoli qoniqarli.

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida dunyoga kelgan to‘rt oyoqli chaqaloq Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida operatsiya qilindi. Bu haqida “Daryo”ga Samarqand viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i xabar berdi.

Mutaxassislar ma’lum qilishicha, bola ikkinchi qismi to‘liq shakllanmagan siam egizagi bilan tug‘ilgan. Chala rivojlangan embrionda tananing faqat pastki qismi shakllangan.

Chaqaloq 28 aprel kuni Sherobodda tug‘ilgan va ertasi kuni Samarqandga olib kelingan. Unda qo‘shimcha oyoqlar va qo‘shimcha jinsiy a’zo aniqlangan, orqa chiqarish teshigi esa shakllanmagan.

Dastlab hayotini saqlab qolish maqsadida zarur jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan. 13 may kuni ikkinchi operatsiyada ortiqcha oyoqlar olib tashlangan.

Hozirda siydik pufagi ikkita bo‘lib qolgan. Shifokorlar kelgusida qo‘shimcha operatsiyalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

Mutaxassislar bunday holatda tug‘ilgan chaqaloqlarning yashab ketishi qiyinligini ta’kidlaydi, biroq uning hayotini saqlab qolish uchun barcha choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, ona homiladorlik davrida skriningdan o‘tgan, biroq nuqson aniqlanmagan. Tibbiyot mas’ullari tekshiruvda e’tiborsizlik bo‘lganini tan olgan.

Ayni paytda chaqaloqning ahvoli qoniqarli, u shifokorlar nazorati ostida.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar