Si Szinpin yetti yillik tanaffusdan so‘ng Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda

Si Szinpin yetti yillik tanaffusdan so‘ng  Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda

Xitoy raisi Si Szinpin kelasi hafta Shimoliy Koreyaga davlat tashrifi bilan borishi kutilmoqda. U safar davomida mamlakat rahbari Kim Chen In bilan uchrashadi.

Ma’lum qilinishicha, tashrif 8–9 iyun kunlariga rejalashtirilgan. Si Szinpin Shimoliy Koreyaga Kim Chen Inning taklifiga binoan boradi.

Bu Xitoy rahbarining 2019 yildan beri Shimoliy Koreyaga amalga oshirayotgan ilk tashrifi bo‘ladi. Shuningdek, mazkur safar uning 2026 yildagi birinchi xorijiy tashrifi sifatida qayd etilmoqda.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Si Szinpin bu yil Pekinda 17 nafar dunyo yetakchisini qabul qilgan. Endi esa u mintaqaviy siyosatda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan Pxenyan safariga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar