1,5 mln obunachili it o‘g‘irlanib, restoranga sotildi

Xitoyda ijtimoiy tarmoqlarda 1,5 million obunachiga ega bo‘lgan Chutou laqabli Border Kolli iti o‘g‘irlanib, go‘shti uchun restoranga sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. Voqea uning egasi Guo safarda bo‘lgan paytda yuz bergan.
Kuzatuv kameralaridagi tasvirlarda ikki kishi itni elektr skuterda olib ketgani aniqlangan. Egasi Chutou bo‘yinbog‘ va GPS-treker taqib yurganini ta’kidlab, politsiyaga murojaat qilgan. Ikki haftalik qidiruvdan so‘ng gumondor topilgan. Uning aytishicha, itni daydi hayvon deb o‘ylab, mahalliy restoranga atigi 180 yuan (taxminan 28 dollar) evaziga sotgan. Bu paytga kelib jonivor allaqachon so‘yib, yeb yuborilgan bo‘lgan.
Hozirda hodisa yuzasidan tergov olib borilmoqda. Mazkur voqea Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng muhokamalarga sabab bo‘lib, hayvonlarni himoya qilish qonunlarini kuchaytirish haqidagi bahslarni yana kun tartibiga olib chiqdi.





























Izohlar 0
…