Soniyalar ichida barbod bo‘lgan zargarlik o‘g‘irligi

Zargarlik do‘konida sodir bo‘lgan ushbu holat xavfsizlik kameralari tomonidan tasvirga olingan. Kadrlarida mijoz sifatida kirgan ayol va erkak qimmatbaho taqinchoqlardan birini qo‘lga kiritib, uni yashirincha olib qochishga uringani aks etadi.
Biroq vaziyatni tezda payqagan do‘kon sotuvchisi juda chaqqon harakat qilib, firibgarning rejasini bir zumda barbod qiladi. U qimmatbaho buyumni qo‘li bilan to‘sib qolib, uni o‘g‘irlanishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Rejasi amalga oshmaganini anglagan ayol va erkak do‘kon xodimi bilan tortishib o‘tirmasdan, voqea joyidan tezda chiqib ketishadi. Hodisa qisqa fursat ichida sodir bo‘lgani bilan, uning videosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamaga sabab bo‘lgan.

Mazkur holat do‘konlarda ehtiyotkorlik va tezkorlik qanchalik muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatdi.





























Izohlar 0
…