Yo‘lovchilar oldidagi uyatsizlik uchun 15 sutka berildi

Yo‘lovchilar oldidagi uyatsizlik uchun 15 sutka berildi

Toshkent shahrida jamoat transportida odob-axloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan erkak ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Hodisa aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Poytaxt IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, voqea 3 iyun kuni ertalab soat 09:45 atrofida 42-yo‘nalish bo‘yicha harakatlangan avtobus salonida sodir bo‘lgan.

Aniqlanishicha, 48 yoshli fuqaro T.S. yo‘lovchilar oldida jamoat tartibi va axloq me’yorlarini mensimasdan, nomaqbul xatti-harakatlarni sodir etgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida mazkur shaxs qisqa vaqt ichida aniqlanib, ushlangan.

Holat yuzasidan Olmazor tumani ichki ishlar bo‘limi tomonidan unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning mayda bezorilik hamda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlarining qonuniy talablariga bo‘ysunmaslikka oid moddalari asosida hujjatlar rasmiylashtirildi.

To‘plangan materiallar sudga taqdim etildi. Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzar 15 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosiga hukm qilindi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Kamola Shuhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Yo‘lovchilar oldidagi uyatsizlik uchun 15 sutka berildi – Zamin.uz, 05.06.2026