date

2025 yilda “103”ga necha marta yolg‘on qo‘ng‘iroq qilingani ochiqlandi

2025 yilda “103”ga necha marta yolg‘on qo‘ng‘iroq qilingani ochiqlandi

“103” — tez tibbiy yordam xizmati samaradorligi, avvalo, brigadalarning chaqiruv manziliga o‘z vaqtida yetib borishi bilan belgilanadi. Biroq yolg‘on murojaatlar bu jarayonga jiddiy to‘siq bo‘lmoqda.

Respublika tez tibbiy yordam markazi direktori Abduvoitjon G‘afurovning ma’lum qilishicha, 2025 yil davomida mamlakat bo‘ylab “103” xizmatiga jami 3244 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushgan. Bu ko‘rsatkich 2024 yilga nisbatan 531 taga ko‘p.

Tahlillarga ko‘ra, yolg‘on chaqiriqlar eng ko‘p:

  • Qashqadaryo viloyatida — 784 ta,
  • Surxondaryo viloyatida — 499 ta,
  • Farg‘ona viloyatida — 394 ta,
  • Samarqand viloyatida — 337 ta qayd etilgan.

Eng kam yolg‘on murojaat esa Sirdaryo viloyatida — 48 ta bo‘lgan.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, so‘nggi 8 yilda “103” xizmati shoxobchalari soni 818 tadan 1680 taga, tez tibbiy yordam brigadalari esa 1648 tadan 2865 taga yetkazildi. Elektron boshqaruv tizimi joriy etilishi natijasida chaqiruvga yetib borish vaqti 25–30 daqiqadan 10–15 daqiqagacha qisqardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » 2025 yilda “103”ga necha marta yolg‘on qo‘ng‘iroq qilingani ochiqlandi