Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Ertaga O‘zbekistonning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • 13-oktyabr kuni O'zbekistonning ayrim hududlarida, xususan tog'li joylarda kuchli yog'ingarchilik kutilmoqda.
  • Toshkent, Qoraqalpog'iston, Xorazm, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yog'ingarchilik bo'lmaydi.
  • Buxoro, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining ayrim joylarida yomg'ir yog'ishi mumkin, Farg'ona vodiysida esa kechasi va ertalab yomg'ir va tuman kuzatilishi mumkin.

13 oktyabr kuni O‘zbekistonning bir qator hududlarida yomg‘ir yog‘ishi, tog‘li joylarda esa kuchli yog‘ingarchilik kuzatilishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet ertangi kun uchun ob-havo prognozini e’lon qildi.

Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmaydi. Harorat kechasi 12–14, kunduzi 22–24 daraja atrofida bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ham yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu hududlarda kechasi havo 8–13 daraja, kunduzi esa 21–26 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat kechasi 8–13, kunduzi 20–25 darajani tashkil etadi.

Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi 10–15 daraja, kunduzi 20–25 daraja iliq havo kuzatiladi.

Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Samarqandda harorat kechasi 10–15, kunduzi 18–23 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryoda esa kechasi 10–15, kunduzi 21–26 daraja bo‘ladi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlari — Andijon, Namangan va Farg‘onada kechasi hamda ertalab ayrim joylarda yomg‘ir yog‘ishi va tuman tushishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 10–15, kunduzi 18–23 daraja atrofida bo‘ladi.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda esa vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yomg‘ir qorga aylanishi ehtimoli bor. Shuningdek, tuman tushishi, sel va suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin.

Respublika bo‘ylab shamol tezligi asosan 3–14 m/s oralig‘ida bo‘lishi kutilmoqda. Tog‘li hududlarda kechasi 5–10, kunduzi 14–19 daraja iliq bo‘ladi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar