19 noyabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin?

1 daqiqa o'qish15
19 noyabr kuni qaysi hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin?

«O‘zgidromet» 19 noyabr kuni O‘zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Prognozga ko‘ra, Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Kechqurun yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. G‘arbdan esadigan shamol tezligi sekundiga 3–8 metrni tashkil etadi. Kechqurun esa 10–12 metrgacha kuchayishi mumkin. Poytaxtda havo harorati kechasi 7–9 daraja, kunduzi esa 20–22 daraja iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0–5 daraja iliq, kunduzi 11–16 daraja iliq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3–8 daraja iliq, kunduzi 15–20 daraja iliq bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, kechqurun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qashqadaryo viloyatining ba’zi joylarida kechqurun yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7–12 daraja iliq, kunduzi 18–23 daraja iliq bo‘ladi.

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 10–15 daraja iliq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 7–12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2–7 daraja iliq, kunduzi 12–17 daraja iliq bo‘ladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?