date

Ta’lim 6 yoshdan boshlanadi: majburiy tayyorlov bosqichi joriy etiladi

Ta’lim 6 yoshdan boshlanadi: majburiy tayyorlov bosqichi joriy etiladi

Prezidentning yangi farmoniga ko‘ra, O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimi tubdan yangilanadi. Endilikda 6 yoshli bolalar uchun bir yillik maktabga tayyorlov guruhlari majburiy ta’limning ilk bosqichi sifatida joriy etiladi.

2027–2028 o‘quv yilidan boshlab ushbu tayyorlov bosqichini tamomlagan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat taqdim etiladi. Bu hujjat keyinchalik o‘quvchining maktab shahodatnomasida ham qayd etiladi.

Shuningdek, 2026–2028 yillar davomida respublika hududlarida “Yangi avlod” nomli davlat bog‘chalari tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu muassasalar robototexnika, fan, til o‘rganish, ijodiy va jismoniy rivojlanish kabi yo‘nalishlarda ixtisoslashgan bo‘lib, bolalar uchun zamonaviy o‘yin va o‘quv muhiti yaratadi.

Muhim jihati shundaki, yangi tizim bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 2026–2027 o‘quv yilida qabul tartibi avvalgidek qoladi – ya’ni bolalar 7 yoshga to‘lgan yili 1 sinfga qabul qilinadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Ta’lim 6 yoshdan boshlanadi: majburiy tayyorlov bosqichi joriy etiladi