date

O'zbekistonliklar eng ko'p qaysi davlatlarga borayotgani aniqlandi

O'zbekistonliklar eng ko'p qaysi davlatlarga borayotgani aniqlandi

2026 yil yanvar oyida 589 647 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 38,2 ming nafarga yoki 6,9 foizga oshgani qayd etildi. Mutaxassislar bu o‘sishni xalqaro safarlarga qiziqish ortishi bilan izohlamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, eng ko‘p safarlar Qirg‘izistonga amalga oshirilgan — 232 174 nafar. Shuningdek, Tojikistonga 98 659 nafar va Qozog‘istonga 88 012 nafar fuqaro borgan.

Saudiya Arabistoniga 62 655 nafar, Rossiyaga esa 32 291 nafar o‘zbekistonlik safar qilgan. Ushbu davlatlar yanvar oyidagi eng ommabop yo‘nalishlar bo‘ldi.

Bundan tashqari, Turkiyaga 17 288 nafar, BAAga 16 030 nafar fuqaro yo‘l olgan. Tailandga 6 890 nafar, Xitoyga 6 117 nafar va Misrga 4 585 nafar safar amalga oshirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » O'zbekistonliklar eng ko'p qaysi davlatlarga borayotgani aniqlandi