O‘zbekiston Markaziy Osiyoda sayyohlar uchun eng xavfsiz davlat deb topildi

O‘zbekiston1 daqiqa o'qish18
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda sayyohlar uchun eng xavfsiz davlat deb topildi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • O‘zbekiston CEOWORLD Magazine nashrining Travel Safety Ranking reytingida 198 ta davlat orasida 27-o‘rinni egallab, Markaziy Osiyodagi eng xavfsiz mamlakat deb topildi.
  • Mamlakat 100 balldan 81,03 ball to‘plab, xavfsizlik darajasi «juda yuqori» bo‘lgan davlatlar qatoridan joy oldi.
  • Mazkur ko‘rsatkich bilan O‘zbekiston Avstraliya va Kanada kabi mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan ham yuqoriroq natija qayd etdi.

O‘zbekiston 2027 yilda sayohat qilish uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatoriga kirdi. CEOWORLD Magazine xalqaro nashri mamlakatdagi barqaror vaziyat, jamoat tartibi va osoyishta muhitni yuqori baholadi, deb xabar beradi UZ24.

Nashr 2026 yil 23 noyabrda e’lon qilgan Travel Safety Ranking reytingida O‘zbekiston 198 ta davlat va hudud orasida 27-o‘rinni egalladi. Mamlakat 100 balldan 81,03 ball to‘pladi va xavfsizlik darajasi «juda yuqori» deb belgilangan davlatlar qatoriga kiritildi.

Reytingda O‘zbekiston Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida eng yaxshi natijani qayd etdi. Qo‘shni davlatlar quyidagi o‘rinlardan joy olgan:

• Qozog‘iston — 44-o‘rin;
• Turkmaniston — 57-o‘rin;
• Qirg‘iziston — 65-o‘rin;
• Tojikiston — 73-o‘rin.

O‘zbekiston bir qator mashhur sayyohlik yo‘nalishlaridan ham yuqoriroq o‘rinni egalladi. Jumladan, Avstraliya reytingda 29-o‘rinda, Kanada esa 34-o‘rinda qayd etilgan.

Mamlakatning xavfsizlik darajasi boshqa xalqaro ko‘rsatkichlarda ham aks etgan. 2026 yilgi Global Peace Index natijalarida O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatoriga kiritilgan.

Avvalroq AQSH Davlat departamenti ham O‘zbekistonni amerikalik sayyohlar uchun xavfsiz yo‘nalishlar ro‘yxatiga kiritgan edi. Mamlakatga sayohat qilish bo‘yicha birinchi darajali tavsiya berilgan. Bu sayyohlardan odatiy ehtiyot choralariga rioya qilish talab etilishini anglatadi. AQSH tizimida jami to‘rtta ogohlantirish darajasi mavjud bo‘lib, birinchi daraja eng past xavfni bildiradi.

CEOWORLD Magazine biznes, iqtisodiyot, moliya, texnologiya va sayohat mavzulariga ixtisoslashgan xalqaro onlayn nashr hisoblanadi. Nashr ma’lumotiga ko‘ra, uning auditoriyasi dunyoning 180 dan ortiq mamlakatidagi 12,4 milliondan ziyod o‘quvchini qamrab oladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?