O‘zbekistonliklarga Tailandga vizasiz borish imkoniyati yana paydo bo‘lishi mumkin

O‘zbekistonliklarga Tailandga vizasiz borish imkoniyati yana paydo bo‘lishi mumkin

Tailand hukumati O‘zbekiston fuqarolariga mamlakatga 15 kungacha vizasiz kirishga ruxsat berishni taklif qilmoqda. Ushbu tashabbus 9 noyabr kuni Viza siyosati qo‘mitasi yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.

Agar taklif ma’qullansa, o‘zbekistonliklar Tailandga 15 kungacha vizasiz sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu esa mamlakatda dam olishni rejalashtirayotgan sayyohlar uchun qulaylik yaratadi.

Eslatib o‘tamiz, Tailand avvalroq O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish tartibini bekor qilgan edi. 15-sentyabrdan boshlab mamlakatga borishni istagan o‘zbekistonliklardan oldindan viza rasmiylashtirish talab etilmoqda.

Viza olish bilan bog‘liq qiyinchiliklar sababli O‘zbekistondagi ayrim sayyohlik kompaniyalari boshqa yo‘nalishlarga, jumladan, Vetnamga ko‘proq e’tibor qarata boshlagan.

Hozircha vizasiz tartibni qayta joriy etish bo‘yicha taklif ma’qullangani haqida ma’lumot yo‘q.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar