date

Cmartfon, noutbuk va kiyim-kechaklar importi uchun yangi kanal ochiladi...

Cmartfon, noutbuk va kiyim-kechaklar importi uchun yangi kanal ochiladi...

O‘zbekistonda smartfonlar, noutbuklar, planshetlar hamda kiyim-kechak importi bo‘yicha yangi tartib joriy etiladi. Prezident qaroriga muvofiq, xorijiy tovarlarni olib kirishda zamonaviy va yengillashtirilgan kanal yaratilmoqda.

Yangi tizimga ko‘ra, maxsus litsenziyaga ega onlayn marketpleyslar bond omborlarini tashkil etadi. Ushbu omborlarga tovarlar mamlakatga olib kirilganda bojxona boji va QQS to‘lanmasdan joylashtiriladi. Bu esa import jarayonini tezlashtirish va tovar aylanmasini oshirishga xizmat qiladi.

Fuqarolar esa ushbu omborlardagi mahsulotlarni shaxsiy ehtiyoji uchun xarid qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bunda smartfon, noutbuk va planshetlar uchun 5 foizlik yagona bojxona to‘lovi amal qiladi.

Kiyim-kechak va poyabzal mahsulotlari uchun esa boshqacha tartib belgilangan — ularga 3 foiz boj to‘lovi hamda qo‘shimcha ravishda QQS undiriladi.

Muhim jihatlardan biri shundaki, bond omborlaridan olingan tovarlar faqat shaxsiy foydalanish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, keyinchalik qayta sotish qatʼiyan taqiqlanadi.

Yangi tizim import bozorini yana-da shaffoflashtirish, narxlarni raqobatbardosh qilish va aholi uchun qulay xarid imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » O‘zbekiston » Cmartfon, noutbuk va kiyim-kechaklar importi uchun yangi kanal ochiladi...