O‘zbekistonda go‘sht importi keskin oshdi: bozorda narxlar qanday?

O‘zbekistonda go‘sht importi keskin oshdi: bozorda narxlar qanday?

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijdan go‘sht olib kirish to‘xtatilgani va shu sabab bozorlarda narxlar oshgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Biroq Bojxona qo‘mitasi mamlakatga go‘sht importida hech qanday uzilish kuzatilmayotganini ma’lum qildi.

“Daryo” muxbiri Toshkentdagi Chorsu Bazaardagi narx-navolarni o‘rgandi. Bozor rastalarida mahalliy mol va qo‘y go‘shti bilan bir qatorda xorijdan keltirilgan mahsulotlar ham sotilmoqda.

Ayni paytda mol go‘shti 110–170 ming so‘m, qo‘y go‘shti esa 130–170 ming so‘m atrofida taklif qilinmoqda. Qozog‘iston va Pokistondan olib kelinayotgan go‘sht mahsulotlarining narxi esa 65–90 ming so‘mni tashkil etmoqda.

Sotuvchilarning ta’kidlashicha, import go‘shtiga talab bor. Ayrim holatlarda yetkazib berishda qisqa uzilishlar kuzatilsa-da, xorijdan mahsulot olib kelish to‘liq to‘xtamagan.

Bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025 yilda O‘zbekiston 870 million dollarlik go‘sht mahsulotlari import qilgan. 2026 yilning yanvar–avgust oylarida esa bu ko‘rsatkich 678 million dollarga yetgan.

Hozir mamlakatga go‘sht mahsulotlari 29 ta davlatdan olib kirilmoqda. Joriy yildagi importning 519 million dollari qoramol, 54,6 million dollari tovuq va 47,8 million dollari qo‘y go‘shti hisobiga to‘g‘ri kelgan.

Qizig‘i, 2026 yilning dastlabki sakkiz oyida go‘sht importi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 173 million dollarga ko‘paygan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar