Namanganda bo'lib o'tgan gullar festivali Ginnes rekordini o‘rnatdi

Namanganda bo‘lib o‘tayotgan 2026 yilgi gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yili festivalga tayyorgarlik doirasida viloyat bo‘yicha 100 million tup gul ko‘chatlari ekilgan edi. Joriy yilda esa bu ko‘rsatkich 150 million tupga yetkazilgan.
Natijada Namangan “jamoa bo‘lib bir oy davomida eng ko‘p ekilgan gullar” yo‘nalishida Ginnes rekordini o‘rnatdi. Tantanali ochilish marosimida Ginnes rekordlari vakili Sheyda Subasi maxsus sertifikatni viloyat hokimiga topshirdi.
Eslatib o‘tamiz, Namangan gullar festivali yil sayin kengayib bormoqda. Festival bu yil 24 maydan 12 iyulga qadar davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing