Andijon polkasi Ginnes rekordi sari: Andijondagi 20 ming kishilik raqs dunyo e’tiborida

1 daqiqa o'qish184
Andijon polkasi Ginnes rekordi sari: Andijondagi 20 ming kishilik raqs dunyo e’tiborida

Andijon viloyatida milliy madaniyat tarixidagi yirik tadbirlardan biri bo‘lib o‘tdi. Viloyat markazida 20 ming nafar ishtirokchi bir vaqtning o‘zida “Andijon polkasi” raqsini ijro etdi.

Mazkur loyiha milliy raqs san’atini xalqaro maydonda targ‘ib qilish hamda Ginnes rekordlari kitobiga kirish maqsadida tashkil etildi. Tadbir Andijonning 2026 yildagi “Turk dunyosining madaniy poytaxti” maqomi doirasida o‘tkazildi.

Shahar markazi milliy kuy-qo‘shiqlar, rang-barang liboslar va ommaviy raqs chiqishlari bilan bayramona tus oldi. Minglab yoshlar, san’atkorlar va havaskor raqqoslar bir sahnada uyg‘un harakat qilib, tomoshabinlarga unutilmas manzara taqdim etdi.

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, bunday tadbirlar nafaqat milliy merosni asrash, balki uni dunyoga tanitishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirda ushbu ommaviy raqs namoyishi bo‘yicha hujjatlar Ginnes rekordlari tashkiloti tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Agar natija tasdiqlansa, “Andijon polkasi” yana bir tarixiy yutuqqa erishadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?