Vyetnamga boruvchi o‘zbekistonliklar uchun yangi talab joriy etildi

22 iyundan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Vyetnamga kirishdan oldin maxsus elektron kartani rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.
Yangi tartibga ko‘ra, sayyohlar ushbu hujjatni faqat davlat portali orqali, parvozdan kamida 72 soat oldin to‘ldirishi lozim.
Anketa qisqa ma’lumotlar asosida rasmiylashtiriladi. Ariza yuborilganidan so‘ng tizim sayyohga shaxsiy QR-kod taqdim etadi.
Ushbu QR-kod Vyetnamda pasport nazoratidan o‘tish vaqtida ko‘rsatilishi majburiy hisoblanadi.































Izohlar 0
…