
Shavkat Mirziyoyev 12 avgust, chorshanba kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida karantinni bosqichma-bosqich yumshatish zarurligini, aholining o‘zi shuni iltimos qilayotganini ta’kidladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Shuni hisobga olib, Prezident 15 avgustdan boshlab fuqarolarga o‘z uyida 30 kishilik oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazishga ruxsat berish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 10 iyuldan karantin talablari kuchaytirilgan, ushbu davrda, jumladan, oilaviy tantana, to‘y va boshqa marosimlarni o‘tkazish taqiqlangan edi.
Avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 15 avgustdan avtomobillarning kun davomida harakatlanishiga, 17 avgustdan viloyatlararo qatnovlarga ruxsat berish kerakligini ta’kidlagani haqida xabar berilgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar