Ronaldu Saudiya ligasi to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda

Ronaldu Saudiya ligasi to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda

Ronaldu Saudiya ligasi to'purarlari ro'yxatida ikkinchi o'rinda
Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatining "Al-Nasr" va "Al-Halija" jamoalari o'rtasidagi o'yinda yana bir gol urdi (4:1). Portugaliyalik futbolchi o'yinning qo'shimcha vaqtida ajoyib tarzda to'pni darvozaga yo'llab, yakuniy hisobni belgiladi.

Bu 40 yoshli hujumchining joriy mavsumdagi Saudiya ligasida urgan o'ninchi goli bo'ldi. U to'purarlik poygasida faqat jamoadoshi Joau Felishdan (11 gol) ortda qolmoqda.

Ronaldu o'z faoliyatidagi 1000-gol sari harakatni davom ettirmoqda. Bugungi gol uning 954-goli bo'ldi.

"Al-Nasr" chempionat jadvalida to'qqiz turdan keyin to'qqizta g'alaba bilan peshqadamlik qilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar