Endrick: Jud Bellingem va Trent Alexander-Arnoldni tushunish imkonsiz

Endrick: Jud Bellingem va Trent Alexander-Arnoldni tushunish imkonsiz

Braziliyalik hujumchi Endrick Real Madrid safidagi qiyin davrlari haqida ochiqchasiga gapirib berdi. Yosh iqtidor egasining ta’kidlashicha, u asosiy tarkibga kira olmay qiynalgan vaqtlarida Jud Bellingem va Trent Alexander-Arnold uni muntazam qoʻngʻiroqlar orqali qoʻllab-quvvatlab turishgan. Garchi ular oʻrtasida yaqin doʻstlik shakllangan boʻlsa-da, Endrick ingliz futbolchilarining talaffuzini tushunishda hali ham qiynalayotganini tan oldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Lyon jamoasidagi olti oylik muvaffaqiyatli ijaradan soʻng Madridga qaytgan 19 yoshli hujumchi, Frantsiya chempionatidagi oʻyin amaliyoti uning oʻziga boʻlgan ishonchini qaytarganini aytdi. Real Madrid yulduzlari bilan raqobatlashish oson boʻlmaganini ta’kidlagan Endrick, Luka Modric, Vinicius Junior va Rodrygo kabi futbolchilardan koʻp narsa oʻrganganini va buni amalda koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.

"Bellingham menga har kuni qoʻngʻiroq qiladi. Oʻzimni yomon his qilgan paytlarimda u meni ruhan koʻtarardi. Trent ham xuddi shunday, ular juda samimiy insonlar. Men ulardan oʻrnak olishga va ingliz tilini oʻrganishga harakat qilyapman, lekin ularning gaplarini tushunishning deyarli imkoni yoʻq", — deya hazillashdi braziliyalik yulduz Men in Blazers nashriga bergan intervyusida.

Endrick Lyon safiga oʻtish hayotidagi eng toʻgʻri qarorlardan biri boʻlganini va u yerda gol urib, assistlar amalga oshirgani tufayli terma jamoadan joy olganini qoʻshimcha qildi. Endi u bor e’tiborini Real Madrid safida oʻz oʻrnini topishga va jahon chempionatida Braziliya sharafini munosib himoya qilishga qaratgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar