Gavi mashgʻulotda Rodri bilan toʻqnashib ketdi: Ispaniya terma jamoasida xavotir

Gavi mashgʻulotda Rodri bilan toʻqnashib ketdi: Ispaniya terma jamoasida xavotir

Ispaniya terma jamoasining JCh-2026 turniriga tayyorgarlik jarayonida kutilmagan koʻngilsizlik yuz berdi. AQSHning Chattanuga shahrida oʻtayotgan mashgʻulotlar vaqtida Barselona yulduzi Gavi va Manchester Siti tayanch yarim himoyachisi Rodri oʻrtasida jiddiy toʻqnashuv sodir boʻldi. Yosh yarim himoyachining oʻziga xos tajovuzkor oʻyin uslubi tajribali jamoadoshining maydonda ogʻriqdan bukilib qolishiga sabab boʻldi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Luis de la Fuente shogirdlari 15-iyun kuni Kabo-Verdega qarshi boʻlib oʻtadigan ochilish oʻyiniga tayyorgarlik koʻrayotgan bir paytda, Tennessi shtatidagi bazada muhit biroz taranglashdi. Gavi mashgʻulot oʻyinini xuddi finaldek qabul qilib, toʻp uchun kurashda kechikdi va butsasining tishlari bilan Rodri ning toʻpigʻiga zarba berdi. Manchester Siti yulduzi maydonga yiqilib, oyogʻini ushlagancha azobda qoldi, bu esa murabbiylar shtabini jiddiy tashvishga soldi.

Jahon chempionati boshlanishiga bir haftadan koʻproq vaqt qolganida Rodri ning jarohat olishi Ispaniya strategiyasini butunlay oʻzgartirib yuborishi mumkin edi. Gavi darhol jamoadoshidan uzr soʻradi, tibbiy xodimlar esa maydonga yugurib chiqishdi. Dastlabki tasvirlar qoʻrqinchli koʻringan boʻlsa-da, Rodri biroz vaqt oʻtgach oʻrnidan turishga muvaffaq boʻldi va mashgʻulotni biroz oqsoqlangan holda yakunladi.

Shu bilan birga, Luis de la Fuente uchun ijobiy yangiliklar ham bor. Lamine Yamal va Nico Williams oʻzlarining reabilitatsiya dasturlarini davom ettirishmoqda. Har ikki qanot hujumchisi mushak jarohatlari tufayli bir oydan ortiq vaqtni oʻtkazib yuborgan edi. Ular chigalyozdi mashqlari va "rondo"larda ishtirok etishdi, biroq kontaktli kurashlardan chetda turishdi. Ularning Peruga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida maydonga tushishi kutilmayapti.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar