1 412
"Paxtakor": Yaqqol holatlarni ko‘rmagan hakamlarga ko‘rish qobiliyatini yaxshilashni maslahat beramiz!
Superliga 11-tur qoldirilgan o‘yinida "Paxtakor" Jizzaxda "So‘g‘diyona" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. "Sherlar" matbuot xizmati ushbu o‘yin haqida to‘xtalib o‘tdi.
"Ikki jamoaga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardik
O‘yinni jamoamiz keskin hujumlar bilan boshladi va tezkor ikki gol urdi. Dastlab Sobirxo‘jayev 16 metrlardan darvozani ishg‘ol qilgan bo‘lsa, 19-daqiqada Banashakning uzatmasidan so‘ng Cheran to‘pni darvozaga yo‘lladi. Shundan so‘ng jamoamiz nafaqat mezbonlar, balki yana bir jamoaga qarshi o‘ynashga majbur bo‘ldi. Vaqt o‘tib borgani sari turli mayda holatlarda hakamlar ochiqchasiga noto‘g‘ri va jamoamizga qarshi qarorlar qabul qilishga o‘tishdi. Bo‘lim oxirida Kolakovich boshi bilan to‘p kiritdi.
52-daqiqada to‘p uchun raqib bilan kurashda Hamrobekov Salomovning ustiga tushdi. Bu holatda u raqibga nisbatan atayin qo‘pollik qilmadi. Yerning tortish kuchiga ko‘ra, havoga ko‘tarilgan inson yana yerga qaytib tushadi, uchib keta olmaydi. Hakam esa aynan maydonga qaytib tushish chog‘ida raqibni bosib olgan Odilni maydondan chetlatdi.
Keyinchalik mezbonlar ko‘p marta futbolchilarimizga nisbatan qo‘pollik ishlatgan vaziyatlarda hakamlar buni ko‘rmay qolishdi. Bu darajada yaqqol holatlarni ko‘rmagan hakamlarga ko‘rish qobiliyatini yaxshilashni maslahat beramiz. Bir vaziyatda Cheranning zarbasini himoyachi bir urinishda ikki marta qo‘li bilan qaytardi, bu jarima belgilashga yetarli emas ekan. Cheran urgan gol bekor qilingan vaziyatda esa ofsayd qay tariqa qayd etilgani ko‘pchilik uchun qiziq savolga aylandi. O‘yin yakunida ikkinchi bo‘limga yetti daqiqa qo‘shib bergan hakam 13-daqiqada (!) darvozamiz sari penalti belgiladi. Bu vaziyatda u Aliboyevni qo‘li bilan o‘ynagan deb topdi.
Fikrimizcha, 13-daqiqada bo‘lmasa, 39-daqiqada baribir bu penalti belgilanardi. Xuddi Qo‘qondagi o‘yinda bo‘lgani singari raqib penaltidan hisobni tenglashtirishi bilan o‘yin vaqti birdaniga tugab qoldi. Bu holat hech kimni hayron qoldirmaydigan voqeaga aylandi. Chunki u barqaror, odatiy ro‘y beradigan holat darajasiga yetdi. Qizil kartochka, bekor qilingan gol, penalti. Qaysidir jamoa o‘ziga yuklatilgan vazifani juda yaxshi uddaladi. "Paxtakor" turli jamoalarga qarshi kurashishda davom etadi. O‘zbek futbolining rivoji qaysidir hakamning biror qaroriga bog‘lanib qolmaydi deb umid qilamiz", - deya bayonot berdi klub matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...