Lyupcho Doriyevning supergoli "So‘g‘diyona"ga muhim g‘alaba keltirdi!

1 daqiqa o'qish137
Lyupcho Doriyevning supergoli "So‘g‘diyona"ga muhim g‘alaba keltirdi!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • "So'g'diyona"
  • 16-turn doirasida "Andijon"ni 1:0 hisobida mag'lub etdi.
  • Yagona golni 77-daqiqada Lyupcho Doriyev urib, jamoasiga muhim g'alaba keltirdi.
  • Bu uning joriy mavsumdagi 12-goli bo'lib, Doriyev Superliga to'purarlari poygasidagi peshqadamligini mustahkamladi. G'alabadan so'ng "So'g'diyona" 18 ochko bilan turnir jadvalida 11-o'ringa ko'tarildi, "Andijon" esa 21 ochko bilan 8-pog'onada qoldi.

O‘zbekiston Superligasida ikkinchi davra bahslariga rasman start berildi. 16-turning ochuvchi o‘yini Zomin shahrida bo‘lib o‘tdi va unda "So‘g‘diyona" jamoasi "Andijon"ni qabul qilib, kichik hisobdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shiddatli va murosasiz kechgan bahs taqdirini yagona va chiroyli gol hal qildi.

Doriyev to‘purarlik poygasida peshqadamlikni mustahkamladi

O‘yinning birinchi bo‘limida har ikkala jamoada ham bir qator qulay imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi. Natijada murabbiylar ikkinchi bo‘limda tarkibga yangi kuchlarni tashladi.

Bahsning 77-daqiqasida Jizzax klubining makedoniyalik mahoratli hujumchisi Lyupcho Doriyev o‘z mahoratini ko‘rsatib, raqib darvozasini aniq nishonga oldi va uchrashuv qahramoniga aylandi — 1:0.

Ushbu to‘p Doriyev uchun joriy mavsumdagi 12-gol bo‘ldi va u Superliga to‘purarlari poygasidagi yakkahokimligini yanada mustahkamlab oldi.

Turnir jadvalidagi o‘zgarishlar

Qatorasiga ikkinchi g‘alabasini nishonlagan Ivan Boshkovich shogirdlari o‘z ochkolar hisobini 18 taga yetkazib, turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Mag‘lubiyatga uchragan "Andijon" esa 21 ochko bilan hozircha 8-pog‘onada qoldi.

Superliga. 16-tur

"So‘g‘diyona" — "Andijon" 1:0

6 avgust. Zomin. "Markaziy" stadion

  • Gol: Lyupcho Doriyev (77).

  • "So‘g‘diyona": Milan Mitrovich, Zoir Jo‘raboyev, Islom Qobilov, Behruz Jumatov (Shohjahon Sultonmurodov, 84), Petar Michin, Jamshid Boltaboyev, Javohir Qahramonov (Oybek Nurmatov, 65), Lyupcho Doriyev (Abdulaziz Abdurashidov, 84), Ollobergan Karimov, Igor Golban, Zabihillo O‘rinboyev (Samandar Mavlonqulov, 46).

  • "Andijon": Eldor Adhamov, Odil Abdumajidov, Aleksandre Andronikashvili (Damir Temirov, 88), Po‘latxo‘ja Xoldorxonov (Doniyor Abdumannopov, 72), Humoyunmirzo Iminov (Dragan Cheran, 46), Aziz Turg‘unboyev (Hamidullo Karimov, 72), Islom To‘xtaxo‘jayev, Usmonali Ismonaliyev, Muhammadkarim Toirov, Bekzod Sulaymonov (Shohmalik Komilov, 46), Mahmud Mahamadjonov.

  • Ogohlantirish: Behruz Jumatov (60).

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?