Foto: “Olamsport”
Fransiyaning Parij shahrida yozgi Olimpiada o‘yinlari davom etadi. Bugun, 29 iyul kuni dzyudo bahslarining ayollar o‘rtasidagi -57 kggacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida dastlabki bosqich bahslari bo‘lib o‘tmoqda.
Dzyudochi Shukurjon Aminova Olimpiada sovrinlari uchun dastlabki qadamini tashladi. Kot d'Ivuar vakili Dabonnega qarshi uchrashuvda o‘zbekiston sportchisi g‘alaba qozondi va musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.
Keyingi bosqichda u gruziyalik Eteri Liparteliani bilan bellashadi.
Aminova Shukurjon Fayzullo qizi 2002 yil 16 noyabr kuni Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida tavallud topgan. 2017 yildan xalqaro musobaqalarda yurtimiz sharafini himoya qilmoqda. Murabbiyi Sardor Niyozmetov. Aminova Gran-pri musobaqalarida 1 ta oltin, turli yosh toifalaridagi Osiyo chempionatlarida 2 ta oltin va 1 ta bronza, Xanchjou-2022 yozgi Osiyo o‘yinlarida 1 ta kumush medalga sazovor bo‘lgan. 2021 yilgi jahon chempionatida aralash jamoaviy dasturda bronza medali bilan taqdirlangan.
Aminova Xalqaro dzyudo federatsiyasining yo‘llanmalarni qayta taqsimlash dasturiga ko‘ra -57 kg vazn toifasida Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»