
La Liga 29-turi doirasida "Barselona" o‘z maydonida "Jirona"ni qabul qildi. Ushbu uchrashuvda "ko‘k-anorranglilar" 4:1 hisobida zafar quchdi.
"Barsa" safida Levandovski dubl qilgan bo‘lsa, Ferran bir marotaba raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, mehmonlar himoyachisi Kreji o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ydi. "Jirona"ning yagona goli Danjuma tomonidan kiritildi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng "Barselona" "Real" bilan 3 ochkolik farqni yana tiklab qo‘ydi. "Ko‘k-anorranglilar" 66 ochko bilan jadvalda yetakchilik qilmoqda, "Real" esa 63 ochko bilan ikkinchi o‘rinda joylashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar