
Futbol muxlislari uchun yana bir qiziqarli o‘yin yaqinlashmoqda. Turkiyaning nufuzli jamoalaridan biri — “Istanbul Bashakshehir” navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazish arafasida. Bu safar ularning raqibi Germaniyaning mashhur “Fortuna” klubi bo‘ladi, deb xabar berdi ibfk.com.tr.
Bellashuv oldidan "Bashakshehir"ning asosiy tarkibi e’lon qilindi va uning ichida tanish yuzlar ham bor. Ayniqsa, o‘zbekistonlik muxlislar uchun muhim bo‘lgan jihat — Eldor Shomurodov zaxiradagi futbolchilar qatorida joy olgani.
Jamoa bosh murabbiyi Chag‘dash Atan ushbu o‘rtoqlik uchrashuvida quyidagi futbolchilarga ishonch bildirdi:
Asosiy tarkib:
- 16. Muhammad
- 6. Onur Bulut
- 27. Ba
- 5. Duarte
- 21. Operi
- 2. Berat
- 7. Yusuf
- 13. Krespo
- 42. O‘mer Ali (kapitan)
- 77. Brnich
- 10. Da Kosta
Zaxiradagilar:
D. Dilmen, B. Ozjan, O. Ergun, H. Gyureler, D. Turuch, Selke, Ebosele, O‘mer Faruq, Eldor Shomurodov, Volkan, B. Aydog‘mush, H. Liyukovas, Umut, Yoro, B. Aslan, Luka.

Muxlislar esa ayni damda jamoa o‘yinida qanday yangiliklar bo‘lishi, yangi futbolchilarning o‘yinga qanday ta’sir ko‘rsatishi va Eldorning qachon maydonga tushirilishi borasida katta qiziqishda. Shomurodovning ushbu uchrashuvda ishtirok etishi ehtimoli katta. Chunki u jamoaning keyingi rejalarida muhim o‘rin tutadi.
Eslatib o‘tamiz, bunday o‘rtoqlik o‘yinlari nafaqat jismoniy tayyorgarlik, balki murabbiylar uchun taktik sinov, yangi sxema va futbolchilarni sinab ko‘rish imkoniyati hamdir.
Endi barcha e’tibor “Bashakshehir”ning “Fortuna”ga qarshi o‘yinida — jamoa qanday o‘ynaydi, zaxiradagi kuchlar qanchalik ishonchli va albatta, Eldor qachon maydonga tushadi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar