Eldor Shomurodov yana bir bor ota bo‘ldi

Turkiyaning «Istanbul Bashakshehir» klubi hujumchisi va O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov oilasida quvonchli voqea yuz berdi. Futbolchi 3-marta ota bo‘ldi. Uning qiz farzandi dunyoga keldi.
Shomurodov ushbu xushxabarni o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali muxlislari bilan bo‘lishdi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa Ifora deb ism qo‘yildi.
Ma’lumot uchun, Eldor Shomurodov bundan avval ham ikki nafar farzandning otasi bo‘lgan. Uning Mustafo ismli o‘g‘li va Mubina ismli qizi bor.
Ijtimoiy tarmoqdagi izohlarda ham ko‘plab kuzatuvchilar futbolchini qutlab, yangi tug‘ilgan chaqaloqqa ezgu tilaklarini yo‘llamoqda.
Yangi mehmonning dunyoga kelishi munosabati bilan futbolchining oilasiga quvonch va baxt tilaymiz.

Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
































Izohlar0
…