Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges Xellouin uchun tanlagan qo‘rqinchli obrazi bilan e’tiborda!

Futbol yulduzi Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges ham Xellouin bayramini o‘zgacha tarzda kutib oldi. U Madrid shahridagi uyida oila a’zolari va yaqin do‘stlari davrasida bayramona oqshom tashkil etdi.
Jorjina ushbu kechadan lavhalarni o‘zining Instagram sahifasida muxlislari bilan bo‘lishdi. Suratlarda u Xellouin ruhiga mos, qo‘rqinchli obrazda namoyon bo‘lgan. Bayram uchun tanlangan libos va grim uning ko‘rinishiga o‘zgacha tus bergan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Rodrigesning bayramona qiyofasiga befarq qolmadi. Uning suratlari ostida ko‘plab iliq fikrlar va maqtovlar qoldirilmoqda. Ayrim muxlislar Jorjinaning obrazini o‘ziga xos va bayram ruhiga juda mos deb baholagan.
Shu tariqa, Ronalduning rafiqasi nafaqat oilaviy bayram oqshomi, balki ijtimoiy tarmoqlardagi noodatiy ko‘rinishi bilan ham muxlislar e’tiborini tortdi.































Izohlar 0
…