Jorjina Rodrigesning to'y taqinchoqlari barchani hayratga soldi: olmoslarining qiymati qancha?

Krishtianu Ronalduning rafiqasi Jorjina Rodriges to'y marosimida taqqan hashamatli zargarlik buyumlari bilan ham e'tibor markazida bo'ldi. Ayniqsa, ulkan olmosli marjon va taqinchoqlar muxlislarni hayratda qoldirdi.
Uchta ulkan olmos
Jorjina taqqan taqinchoqlar Chopard’ning Garden of Kalahari kolleksiyasiga mansub ekani aytilmoqda.
Undagi uchta markaziy olmos Kalahari hududidagi yirik olmosdan kesib olingan bo'lib, ularning umumiy og'irligi 342 karatlik asl tosh bilan bog'liq.
Taqinchoqlarda:
50 karatlik dumaloq kesimli olmos;
26 karatlik yurak shaklidagi olmos;
25 karatlik noksimon olmos borligi qayd etilgan.

Jorjinaning to'y kuni taqqan zargarlik buyumlari hashamati marosimning o'zidan kam e'tibor tortmadi.
Marjonni keyin ham taqish mumkin
Taqinchoqning yana bir o'ziga xos jihati — marjon qismi ajratib olinishi mumkin. Shu sababli uni turli ko'rinishlarda taqish imkoniyati mavjud.
Jorjinaning to'y libosi, ulkan olmoslari va hashamatli aksessuarlari ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg'otdi.































Izohlar 0
…