Xabi Alonso: Vinisius bilan o‘zaro ishonch — jamoaning kuchi

Xabi Alonso: Vinisius bilan o‘zaro ishonch — jamoaning kuchi

«Real Madrid» bosh murabbiyi Xabi Alonso jamoaning yetakchi futbolchilaridan biri — Vinisius Junior bilan munosabatlariga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uning ta’kidlashicha, braziliyalik hujumchi bilan orasidagi o‘zaro ishonch va ochiq muloqot jamoa o‘yinida muhim omillardan biri hisoblanadi.

«Vinisius bilan munosabatlarimiz juda puxta. U jamoa o‘yinida hal qiluvchi o‘rin tutadi. Oramizda o‘zaro ishonch mavjud. Har bir bellashuvdan oldin u mening fikrlarimni bilib oladi, men esa uning nima o‘ylayotganini. Qarorlarni birgalikda qabul qilishning eng to‘g‘ri yo‘li shu», — dedi Alonso TNT Sports Brasil bilan suhbatda.

O‘tgan turda «Real» Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 5-turida «Olimpiakos»ni 4:3 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvda Mbappening pokeri barcha muhokamaning markazida bo‘ldi, ammo Vinisius Junior ham o‘z hissasini qo‘shmay qolmadi — u fransuz yulduzining ikki goliga aniq pas bilan yordam berdi.

Xabi Alonso: Vinisius bilan o‘zaro ishonch — jamoaning kuchi

Bellashuvdan so‘ng maydondagi iliq manzara muxlislarni yanada xursand qildi — Alonso va Vinisius bir-birini samimiy tabriklab, besh tashlab, quchoqlashib qo‘yishdi. Bu holat jamoadagi atmosfera qay darajada kuchli ekanini yana bir bor namoyon etdi.

Xabi Alonso: Vinisius bilan o‘zaro ishonch — jamoaning kuchi

Madridliklar hozirgi paytda yuqori ruhiyatda bo‘lib, murabbiy va yetakchilar o‘rtasidagi bunday ishonchli aloqalar «qaymoqranglilar»ning keyingi bosqichlardagi harakatiga katta ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar