date

Kubarasi Barselona o'yinidagi keskin o'sish sababini aytdi

Kubarasi Barselona o'yinidagi keskin o'sish sababini aytdi

"Barselona" markaziy himoyachisi Pau Kubarasi jamoa joriy mavsum davomida nima hisobiga o'yinini sezilarli darajada yaxshilaganini izohladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Qayd etilishicha, noyabr oyida "Chelsi"dan 0:3 hisobida mag'lub bo'lgach, Hans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa tezda o'ziga keldi va barcha musobaqalar doirasidagi 18 uchrashuvning 17 tasida g'alaba qozonib, kuchli seriya qayd etdi.

Kubarasining so'zlariga ko'ra, natijalar o'sishiga mayda detallar ustida qilingan tuzatishlar turtki bo'lgan. Himoyachi jamoa o'zgarishlardan keyin darhol yaxshiroq o'ynay boshlagani, murabbiylar shtabi singdirgan falsafaga ishonch kuchaygani va shundan buyon "Barselona" yanada ishonch bilan progress qilayotganini ta'kidladi.

12 fevral, payshanba kuni "ko'k-anorranglilar" Ispaniya kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida Madridda "Atletiko"ga qarshi maydonga tushadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kubarasi Barselona o'yinidagi keskin o'sish sababini aytdi