date

Barselona Rafinya bo'yicha ijobiy yangilikni e'lon qildi

Barselona Rafinya bo'yicha ijobiy yangilikni e'lon qildi

Barselona Ispaniya Kubogida Atletikoga 0:4 hisobida mag'lub bo'ldi, biroq jamoa endi e'tiborini yaqin o'yinlarga qaratgan. Hans-Diter Flik futbolchilarni dushanba kuni bo'lib o'tadigan Jirona bilan uchrashuvga tayyorlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Kataloniyaliklar uchun eng quvonarli xabar — Rafinyaning safga qaytishi. Klub matbuot xizmati braziliyalik vinger yana jamoa bilan umumiy mashg'ulotlarda ishtirok etayotganini ma'lum qildi, bu esa uning yaqin o'yinda maydonga tushish ehtimolini oshiradi.

La Liganing Jirona — Barselona uchrashuvi 16-fevral, dushanba kuni bo'lib o'tadi. Start hushtagi 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) yangraydi.

Hozirda Barselona La Ligada peshqadamlik qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Barselona Rafinya bo'yicha ijobiy yangilikni e'lon qildi