2026-yilda 3 ming dona Lada Azimut ishlab chiqariladi

2026-yilda 3 ming dona Lada Azimut ishlab chiqariladi
Audio versiyasi

Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumida (SPXIF-2026) АвтоВАЗ kompaniyasi oʻzining yangi Lada Azimut krossoverini namoyish etdi. Tadbir doirasida yangi modelning ishlab chiqarish rejalari va narxi borasidagi ilk tafsilotlar maʼlum boʻldi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

«Автопоток» Telegram-kanalining xabar berishicha, joriy yil uchun Lada Azimut ishlab chiqarish rejasi ancha kamtarona belgilangan — jami 3 ming dona avtomobil. Ushbu mashinalarning bir qismi dilerlik markazlariga koʻrgazma nusxalari va shou-rumlar uchun yetkazib berilishi kutilmoqda.

АвтоВАЗ rahbari Maksim Sokolov yangi krossoverning narxi borasida toʻxtalib oʻtdi. Uning soʻzlariga koʻra, yakuniy qiymat makroiqtisodiy omillar, xususan, Markaziy bankning asosiy stavkasi va yil oxiridagi rubl kursiga bogʻliq boʻladi.

Kompaniya rahbariyati Lada Azimut narxini xaridorlar uchun «maqbul, raqobatbardosh va qulay» qilishga vaʼda bermoqda, biroq aniq raqamlar rasmiy sotuvlar boshlanguniga qadar sir tutiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq 394 ot kuchiga ega gibrid dvigatelli Lada Azimut prototipi haqida maʼlumotlar tarqalgan edi. Ushbu gibrid versiya bir marta yonilgʻi quyish va quvvatlantirish orqali 1100 km masofani bosib oʻtishi aytilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar