date

Martines Ronaldu qachon futbolni tark etishini aytdi

Martines Ronaldu qachon futbolni tark etishini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu faoliyatini qachon yakunlashi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral boshida 41 yoshga to'lgan Ronaldu hanuz yuqori sport formasini saqlab turibdi. Martinesning ta'kidlashicha, hujumchining jismoniy ko'rsatkichlari uni yana uzoq vaqt maydonda ko'rish mumkinligini anglatadi.

«Uning fizik holati yana, yana va yana o'ynashga yetadi. Menimcha, masala shundaki, u o'zi qachon to'g'ri vaqt kelganini his qiladi. Ronaldu juda talabchan futbolchi: qachon jamoaga endi foyda bera olmayotganini anglab yetsa, shunda to'xtash haqida qaror qiladi», — dedi Martines BBCga bergan intervyusida.

Klub miqyosida Ronaldu «Al-Nasr» safida to'p surmoqda. Xabarlarga ko'ra, yulduz futbolchi shanba kuni jamoa tarkibiga qaytishi kutilmoqda — u klub boshqaruvidan noroziligini bildirib, bir necha uchrashuvni o'tkazib yuborgan.

«Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsini LiveResult orqali matnli translyatsiyada kuzatish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronaldu qachon futbolni tark etishini aytdi