Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatini tugatishi mumkinligi haqidagi savolga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyining boshida Ronaldu 41 yoshni qarshi oldi. Martinesning ta’kidlashicha, hujumchining jismoniy ko‘rsatkichlari hali uzoq vaqt yuqori darajada o‘ynashga yetadi.
«Uning fizik holati yana va yana o‘ynashiga imkon beradi. Menimcha, masala u qachon o‘zi to‘g‘ri payt kelganini his qilishida. Ronaldu juda o‘ziga talabchan futbolchi. Qachonki jamoaga foydasi tegmayotganini anglab yetsa, shunda to‘xtash haqida qaror qiladi», — dedi Martines BBCga bergan intervyusida.
Klub miqyosida Ronaldu Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Xabarlarga ko‘ra, yulduz futbolchi shanba kuni jamoa tarkibiga qaytishi kutilmoqda.
Ronaldu so‘nggi o‘yinlarning bir nechtasini o‘tkazib yubordi: u klub boshqaruvidagi qarorlardan norozi ekanini shu tariqa bildirgani aytilmoqda. «Al-Fateh» — «Al-Nasr» uchrashuvini LiveResult sayti matnli translyatsiya orqali yoritadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!