date

Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines Krishtianu Ronaldu qachon futbolchilik faoliyatiga nuqta qoʻyishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fevral boshida 41 yoshni qarshilagan Ronaldu hanuz yuqori sport formasida ekani taʼkidlandi. Martinesning aytishicha, hujumchining jismoniy ko'rsatkichlari unga yana uzoq vaqt o'ynash imkonini beradi.

«Uning jismoniy holati yana va yana maydonda bo‘lishga yetadi. Menimcha, masala qachon u o‘zi aynan to‘g‘ri payt kelganini his qilishida. U juda talabchan va o‘zini tanqid qiladigan futbolchi. Qachonki jamoaga endi foyda bera olmayotganini anglasa, shunda to‘xtash bo‘yicha qaror qabul qiladi», — dedi Martines BBCga bergan intervyusida.

Klub miqyosida Ronaldu «Al-Nasr» safida to‘p surmoqda. Manbalarga ko‘ra, yulduz futbolchi shanba kuni klub bilan bog‘liq norozilik fonidagi tanaffusdan so‘ng yana tarkibga qaytishi kutilmoqda. U boshqaruvdan norozi bo‘lib, bir necha uchrashuvni o‘tkazib yuborgandi.

«Al-Fateh» — «Al-Nasr» bahsini LiveResult’da matnli translyatsiya orqali kuzatish mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi