date

Sevilya murabbiyi Matias Almeyda yetti o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

Sevilya murabbiyi Matias Almeyda yetti o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

"Sevilya" bosh murabbiyi, argentinalik Matias Almeyda La Liga intizomiy komissiyasi qarori bilan yetti uchrashuvga chetlatildi. Bu jazo o'tgan dam olish kunlari "Alaves"ga qarshi bahsda murabbiy zaxira o'rindig'ida qizil kartochka olgani ortidan qo'llandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uchrashuvning 85-daqiqasida Almeyda avvalroq ogohlantirishlari bo'lishiga qaramay, keskin norozilik bildirib, hissiyotlarga berildi. Natijada hakam uni maydondan chetlatdi.

Komissiya jazoni bandma-band izohladi: ikki o'yin — hakam qaroriga qarshi e'tirozlar uchun, bir o'yin — qizil kartochkadan keyin maydonni tark etishni rad etgani uchun, uch o'yin — hurmatsiz xatti-harakat va ortiqcha imo-ishoralar uchun. Yana bir uchrashuvlik jazo esa maydonni tark etayotganda suv idishini tepib yuborgani sabab qo'shildi.

Shu tariqa Almeyda bir qator muhim o'yinlarni, jumladan, "Real" va "Barselona"ga qarshi uchrashuvlarni ham o‘tkazib yuboradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Sevilya murabbiyi Matias Almeyda yetti o'yinga diskvalifikatsiya qilindi