Alaves Jironaga qarshi bahsda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

Ispaniya La Ligasining 25-turi doirasidagi kunning so'nggi uchrashuvida “Alaves” o'z maydonida “Jirona”ni qabul qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O'yin 5-daqiqadayoq mezbonlar foydasiga boshlandi: Yussef Enrikes pressingda to'pni olib qo'ydi va Lukas Boyega qulay vaziyat yaratib berdi — 1:0. Oradan ko'p o'tmay Antonio Martines hisobni oshirish imkoniga ega bo'ldi, biroq uning bosh bilan yo'llagan zarbasi nishonga bormadi. “Jirona” esa burchak zarbasidan so'ng javob qaytardi: Aksel Vitsel havodan pas uzatdi, Vladislav Vanat esa darvozani aniq nishonga oldi — 1:1.
Ikkinchi bo'limda mehmonlar tashabbusni kuchaytirdi va 73-daqiqada tezkor hujumni gol bilan yakunladi: Azzeddin Unahi Viktor Tsigankov uchun ideal vaziyat hozirlab berdi — 1:2. Unahining o'zi ham qarshi hujumda gol urishga yaqin keldi, ammo darvozabon uning zarbasini qaytardi. Shunga qaramay, “Alaves” oxirgi daqiqalarda taslim bo'lmadi: 89-daqiqada Viktor Paradadan uzatilgan to'pni Boye bosh bilan darvozaga yo'llab, hisobni tenglashtirdi — 2:2.
Durangdan keyin “Jirona” turnir jadvalida 11-o'rinda qoldi, “Alaves” esa uch ochko ortda 14-pog'onani egallab turibdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!