date

Lionel Messi uchun 400 million yevrolik taklif: Barselona sobiq prezidenti sirni ochdi

Lionel Messi uchun 400 million yevrolik taklif: Barselona sobiq prezidenti sirni ochdi

Barselona klubining sobiq prezidenti Josep Maria Bartomeu Neymar Pari Sen-Jermen safiga o‘tib ketganidan so‘ng, Lionel Messi bilan bog‘liq jiddiy xavf yuzaga kelganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, noma’lum bir klub argentinalik futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan 400 million yevrolik tovon pulini to‘lab, uni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Cadena SER nashriga bergan intervyusida Bartomeu o‘sha davrda klub rahbariyati katta bosim ostida qolganini esladi. Neymar transferidan keyin yuzaga kelgan vaziyatda, Yevropaning yirik klublaridan biri Messini olib ketish uchun Yaqin Sharqdan moliyaviy yordam olgani aytilmoqda.

Ko‘pchilik bu transfer ortida Manchester Siti turgan deb taxmin qilgan bo‘lsa-da, Bartomeu buni rad etdi. Sobiq prezident ushbu taklifni qilgan klub Manchester Siti emasligini ta’kidlab, mablag‘lar Yevropadagi hisob raqamlariga o‘tkazilganini qo‘shimcha qildi.

Bartomeu klub nomini ochiqlashni istamadi, ammo bu holat o‘sha davrda futbol olamida katta shov-shuvga sabab bo‘lishi mumkin edi. Ushbu voqea Barselona tarixidagi eng murakkab davrlardan biri sifatida yodda qolgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Lionel Messi uchun 400 million yevrolik taklif: Barselona sobiq prezidenti sirni ochdi