Gabriel Magalhaes Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatdan soʻng bayonot berdi

Gabriel Magalhaes Chempionlar ligasidagi magʻlubiyatdan soʻng bayonot berdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Arsenal himoyachisi Gabriel Magalhaes Chempionlar ligasi finalida PSJga qarshi o'tkazilgan hal qiluvchi penaltini aniq amalga oshirolmagani haqida fikr bildirdi.
  • Budapeshtdagi bahsda uning noaniq zarbasi Fransiya klubiga Yevropaning eng nufuzli kubogini taqdim etdi, shaxsiy muvaffaqiyatsizlikka qaramay, u jamoasining tarixiy mavsumi bilan faxrlanishini ta'kidladi.

Arsenal himoyachisi Gabriel Magalhaes Chempionlar ligasi finalida PSJga qarshi kechgan bahsdagi hal qiluvchi penaltini aniq amalga oshirolmagani haqida gapirdi. Budapeshtda oʻtgan uchrashuvda braziliyalik futbolchining zarbasi darvoza toʻsini yuqorisidan oʻtib ketdi va bu holat Fransiya klubiga ketma-ket ikkinchi bor Yevropaning eng nufuzli kubogini taqdim etdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Shaxsiy muvaffaqiyatsizlikka qaramay, markaziy himoyachi "kanonirlar"ning tarixiy mavsumi bilan faxrlanishini yashirmadi. Mikel Arteta shogirdlari finalga Angliya Premer-ligasi chempioni sifatida yetib kelishgan edi. Oʻyin Kai Havertzning 6-daqiqadagi goli bilan Arsenal uchun ajoyib boshlandi, biroq ikkinchi boʻlimda Ousmane Dembele penaltini aniq amalga oshirib, muvozanatni tikladi.

Gʻolib nomi penaltilar seriyasida aniqlandi. David Raya Nuno Mendesning zarbasini qaytargan boʻlsa-da, Eberechi Eze ham xatoga yoʻl qoʻydi. Beshinchi zarba masʼuliyati Gabriel zimmasiga tushdi, ammo uning noaniq zarbasi Luis Enrique jamoasiga gʻalaba keltirdi. Gabriel ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga murojaat qilib: "Bu ogʻriqli, lekin men jamoamiz va bu mavsumda erishgan yutuqlarimiz bilan faxrlanaman", — deb yozdi.

Mikel Arteta penaltichilar tanlovi borasidagi tanqidlarga javob berar ekan, Gabriel beshinchi zarbani oʻz ixtiyori bilan qabul qilganini taʼkidladi. Murabbiyning soʻzlariga koʻra, asosiy penaltichilar — Bukayo Saka, Martin Odegaard va Kai Havertz 120 daqiqalik ogʻir bahsdan soʻng maydonni tark etishgan yoki tayyor boʻlishmagan. Shunga qaramay, Arsenal bugun London koʻchalarida 22 yillik tanaffusdan soʻng qoʻlga kiritilgan APL chempionligini nishonlash uchun gʻalaba paradiga chiqadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar