Florentino Pérez Real Madrid uchun 150 million yevrolik transferni eʻlon qildi

Florentino Pérez Real Madrid uchun 150 million yevrolik transferni eʻlon qildi

Real Madrid prezidenti Florentino Pérez navbatdagi saylovlar oldidan shov-shuvli bayonot bilan chiqdi. "Horizonte" telekoʻrsatuvida ishtirok etgan klub rahbari dunyo darajasidagi yulduz futbolchi uchun rekord darajadagi taklif tayyorlanayotganini maʻlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, bu transfer Madrid tarixidagi eng yirik kelishuvga aylanadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Prezidentning taʻkidlashicha, Real Madrid oʻz darajasi boʻyicha Cristiano Ronaldo bilan tenglasha oladigan "superyulduz" uchun 150 million yevro taklif qiladi. Shu bilan birga, Florentino Pérez koʻpchilik kutgan Manchester Siti hujumchisi Erling Xoland bu roʻyxatda yoʻqligini alohida qayd etdi. Transfer boʻyicha rasmiy taklif Chempionlar ligasining yetakchi klublaridan biriga seshanba kuni yuborilishi kutilmoqda.

Pérez, shuningdek, klub allaqachon bir qator muhim kelishuvlarni amalga oshirganini tasdiqladi. Ular orasida murabbiy Joze Mourinyo, Liverpul himoyachisi Ibrahima Konaté va Inter aʻzosi Denzel Dumfries borligi aytilmoqda. Yangi keladigan "Galactico" esa maydonning markaziy yoki hujum chizigʻida toʻp surishi maʻlum qilindi.

Suhbat davomida prezident bir qator nomzodlarni rad etdi. Erling Xolanddan tashqari, Michael Olise, Jeremy Doku va Harry Kane kabi futbolchilar ham Madrid klubining nishonida emas. Shuningdek, u Angliya Premer-ligasi yoki ashaddiy raqib Barselona safidan hech kim transfer qilinmasligini qatʻiy taʻkidlab oʻtdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar