
Angliya Superkubogidan o‘rin olgan uchrashuvda APL g‘olibi «Manchester Siti» va Angliya Kubogi sohibi «Chelsi» klublari o‘zaro kuch sinashdilar. «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tgan bahs mankunianliklarning g‘alabasi bilan tugadi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida raqib jarima maydoni yonida to‘pni qabul qilib olgan Serxio Aguero darvozaning pastki burchagini aniq nishonga olgan holda jamoasini oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limning ham 13-daqiqasi «Manchester Siti» va Aguero uchun omadli keldi: argentinalik futbolchi Bernardu Silvaning uzatmasini darvozaga to‘g‘irlab yuborgan holda o‘yindagi dublini nishonladi.
Shu tariqa, Pep Gvardiola shogirdlari yangi mavsumni ham sovrin bilan boshlaydigan bo‘ldilar.
Angliya Superkubogi
Chelsi – Manchester Siti 0:2 (0:1, 0:1)
Gollar: 0:1 – 13 Aguero, 0:2 – 58 Aguero.
Chelsi – Kabalero, Ryudiger, Alonso, Aspilikueta, David Luiz, Barkli, Jorjino, Pedro (Mozes, 79), Fabregas (Drinkuoter, 60), Xadson-Odoi (Villian, 59), Morata (Abraxam, 69).
Manchester Siti – Bravo, Stounz, Mendi, Uoker, Laport (Otamendi, 87), Foden (Braim Dias, 76), Fernandino, Marez (Gabriel Jezus, 68), Bernardu Silva, Sane (Gyundogan, 46), Aguero (Kompani, 80).
Manba: www.uff.uz
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar