Abduqodir Husanovning erta uylanishi sababi ma’lum bo‘ldi

Abduqodir Husanovning agenti G‘ayrat Hasbiullin futbolchining oilaviy hayoti bilan bog‘liq qiziq voqeani aytib berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Husanov oilaviy xotirjamlik va tartibli hayot uchun erta turmush qurgan. Agent futbolchining tungi hayotga qiziqmasligi, bo‘sh vaqtini ko‘proq uyda o‘tkazishi va ortiqcha joylarga chiqmasligini ta’kidlagan.
Hasbiullinning aytishicha, to‘y katta dabdaba bilan o‘tmagan. Shunga qaramay, marosimda 1000 nafarga yaqin mehmon ishtirok etgan.
To‘y O‘zbekiston terma jamoasining BAAga uchishidan oldin bo‘lib o‘tgan. Abduqodir marosimdan keyin ko‘p o‘tmay, ertalab soat 4:00 da terma jamoa bilan birga yo‘lga chiqqan.
Agentning ta’kidlashicha, futbolchi jamoadan ajralmaslik uchun hatto birinchi nikoh kechasini ham qoldirgan. Unga keyingi kuni uchish imkoni taklif qilingan, ammo Husanov boshqa terma jamoa futbolchilari bilan birga safarga chiqishni tanlagan.































Izohlar 0
…