Apple Private Relay funksiyasida IP manzil sizib chiqishi aniqlandi

2 daqiqa o'qish83
Apple Private Relay funksiyasida IP manzil sizib chiqishi aniqlandi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Apple Safari brauzeridagi Private Relay funksiyasida foydalanuvchilarning asl IP manzilini oshkor qilishi mumkin bo'lgan zaifliklar aniqlandi.
  • Tadqiqotchilar Talal Haj Bakry va Tommy Mysk muammo iOS qurilmalaridagi barcha brauzerlar foydalanadigan WebKit dvigatelining uchta xususiyati bilan bog'liqligini ma'lum qildi.

Apple kompaniyasining Safari brauzerida foydalanuvchilar maxfiyligini taʼminlashga moʻljallangan Private Relay funksiyasida jiddiy kamchiliklar aniqlandi. ixbt.com hamda 404 Media nashrlari tarqatgan maʼlumotlarga koʻra, ushbu himoya tizimini chetlab oʻtib, foydalanuvchining asl IP manzilini aniqlash imkonini beruvchi zaifliklar mavjudligi maʼlum boʻldi. Bu holat tarmqdagi maxfiylikka tayanadigan millionlab obunachilar uchun xavfsizlik masalasini yana-da dolzarb qilib qoʻymoqda. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Tadqiqotchilar Talal Haj Bakry va Tommy Mysk seshanba kuni eʼlon qilgan blog-postida mazkur muammo iOS qurilmalaridagi barcha brauzerlar foydalanadigan WebKit veb-brauzer dvigatelining uchta xususiyati bilan bogʻliqligini tushuntirib berishdi. Ularning taʼkidlashicha, mazkur kamchilik tufayli maxfiylik vositasi oʻz vazifasini toʻliq bajara olmayapti va real tarmoq manzillarini oshkor qilib qoʻymoqda.

Maxfiylik va VPN farqlari

Mutaxassislar eslatib oʻtganidek, Private Relay odatiy VPN (Virtual Private Network) xizmati emas. VPN butun tizim darajasida maʼlumotlarni himoya qilsa, Appleʼning bu funksiyasi faqatgina Safari brauzeri doirasida ishlaydi. Shuningdek, xizmat faqatgina pullik iCloud+ obunachilarigagina taqdim etiladi. Shu boisdan ham, foydalanuvchilar oʻzlarining tarmoqdagi harakatlari toʻliq berkitilganiga ishongan holda xavf ostida qolishlari mumkin.

Muammoni fosh qilgan tadqiqotchilar maxsus veb-sayt ishga tushirishdi. Bu sayt yordamida har qanday foydalanuvchi oʻz qurilmasida Private Relay yoqilgan boʻlsa ham, asl IP manzili sizib chiqayotganini tekshirib koʻrishi mumkin. TechCrunch nashri xodimlari ham seshanba kungi test sinovlari chogʻida ushbu sayt ularning real IP manzilini muvaffaqiyatli aniqlagani amalda tasdiqlaganini maʼlum qildi.

Apple bilan munosabatlar va kelajakdagi choralar

Tadqiqotchi Tommy Mysk oʻzining X ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida ular bu zaiflik haqida Apple kompaniyasiga rasman murojaat qilmaslikka qaror qilganini yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, avvalgi tajribalar kompaniya bilan muloqot oylar davomida choʻzilishi, xabarlarga eʼtiborsizlik bilan qaralishi va ayrim hollarda muammoning taʼsiri butunlay inkor etilishiga sabab boʻlgan. Hozircha Apple kompaniyasi ushbu holat yuzasidan rasmiy izoh bergani yoʻq.

Shunga qaramay, muammoni aniqlagan mutaxassislar oʻzlari ishlab chiqayotgan Psylo nomli shaxsiy brauzerda bu kabi IP manzil sizib chiqishining oldini oluvchi maxsus himoya choralarini qoʻshganliklarini maʼlum qilishdi. Texnologiyalar olamidagi bunday nosozliklar foydalanuvchilar maʼlumotlarini himoya qilish tizimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borish lozimligini yana bir bor koʻrsatmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?