Otabek Umarovning 330 ming dollarlik soati tarmoqlarda barchani e’tiborini tortdi!

Otabek Umarovning 330 ming dollarlik soati tarmoqlarda barchani e’tiborini tortdi!

Otabek Umarov va Shahnoza Mirziyoyeva futbol bo‘yicha Jahon chempionatining final bahsida ishtirok etdi. Otabek Umarov Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti va Xalqaro avtomobil federatsiyasi Senati a’zosi, Shahnoza Mirziyoyeva esa "Uorld Akvatiks" byurosi a’zosi hisoblanadi.

Final paytida olingan kadrlarda Otabek Umarovning qo‘lidagi qimmatbaho soat ko‘zga tashlandi. U "Richard Mill RM 011" maxsus modeli ekani aytilmoqda.

Mazkur soat "Formula-1"dagi faoliyati bilan tanilgan Felipe Massa bilan hamkorlikda yaratilgan. U Osiyo butiktari uchun atigi 50 nusxada ishlab chiqarilgani bilan ajralib turadi.

Soatning bozordagi narxi 245 ming funt sterlingga, ya’ni qariyb 330 ming dollarga baholanmoqda. Kam nusxada chiqarilgan modellar odatda nafaqat kundalik taqish uchun, balki kolleksiya to‘plash maqsadida ham xarid qilinadi.

Shu sababli mazkur soatni shunchaki qimmat aksessuar yoki uzoq muddatli kolleksion xarid sifatida baholash mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar