Uy hayvonlari uchun talab qilinadigan pasportning nusxa ko‘rinishi tarmoqlarda tarqaldi

O'zbekistonda 7 avgustdan boshlab uy hayvonlarini yagona tizimda ro'yxatga olish tartibi joriy etilib, har biriga butun umri davomida saqlanadigan veterinariya pasporti tayyorlanadi. Ushbu hujjatni rasmiylashtirish uchun hududiy veterinariya bo'limiga murojaat qilish talab etiladi. Yangi pasportda hayvon egasi, profilaktik emlashlar va davolash jarayonlari haqidagi ma'lumotlar jamlanadi.
7 avgustdan O‘zbekistonda saqlanayotgan va ko‘paytirilayotgan hayvonlarni yagona tizimda ro‘yxatga olish tartibi amal qila boshlaydi. Har bir hayvonga alohida identifikatsiya raqami berilib, uning butun umri davomida saqlanadigan veterinariya pasporti tayyorlanadi.
Yangi tug‘ilgan qoramol, qo‘y, echki va tuyalar 14 kundan keyin, otlar to‘rt oydan, cho‘chqalar bir oydan, it hamda mushuklar uch oydan keyin identifikatsiya qilinishi lozim. Ro‘yxatga olish shu muddatdan keyin bir oy ichida amalga oshiriladi.
Veterinariya pasportida hayvon egasi, profilaktik emlashlar va davolash jarayonlari haqidagi ma’lumotlar jamlanadi. Hujjatni rasmiylashtirish uchun hududiy veterinariya bo‘limiga murojaat qilish talab etiladi.































Izohlar 0
…