date

UEFA rahbari Mishel Platini futbolga oq rangli kartochkalarni joriy qilishni taklif qilmoqda

UEFA rahbari Mishel Platini futbolga oq rangli kartochkalarni joriy qilishni taklif qilmoqda

UEFA prezidenti Mishel Platini yana bir bor futbol jamoatchiligiga oq rangdagi kartochkalar haqida o‘ylab ko‘rishni taklif etdi. U yoz oyida ham shunday inqilobiy g‘oya bilan chiqqan edi, deb yozadi kun.uz.

Uning so‘zlariga ko‘ra, boshqa sport turlarida bunday turdagi kertochkalardan unumli ravishda foydalaniladi va bu tajriba futbol uchun ham o‘rinli hisoblanadi.

“Oq kartochkalar futbolchilarga nisbatan o‘ta adolatsiz qarorlar qo‘llanishining oldini olishga xizmat qiladi. Bu yangi g‘oyaga ko‘ra, simulyasiya va hakamga nisbatan tanqidiy xatti-harakatlar uchun qizil kartochka emas, maydonni 5 yoki 10 daqiqaga tark etib turishni bildiruvchi oq kartochkalar ko‘rsatiladi. Bunday kartochkalardan xuddi regbi sportidagi kabi omadli foydalanishimiz mumkin”, – deydi Platini evropalik jurnalistlarga bergan intervyusida.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » UEFA rahbari Mishel Platini futbolga oq rangli kartochkalarni joriy qilishni taklif qilmoqda