2 599
OCHL. «Paxtakor» «Al-Hilol» bilan durang o‘ynadi, Aziz G‘aniyev jamoasi yana g‘alaba qozondi
Foto: OFK
Osiyo Chempionlar Ligasi 4-turida «Paxtakor» 17 sentabr, payshanba kuni «Al-Hilol»ga qarshi bahs yuritdi. Uchrashuv birinchi bo‘limining dastlabki qismi saudiyaliklar nazorati ostida o‘tdi. Bo‘limning ikkinchi qismida «sherlar» vaziyatni o‘nglashga erishdi. Biroq tanaffusga qadar hisob o‘zgarmadi.
Ikkinchi bo‘limda uchrashuv o‘rtacha tempda o‘tdi. «Al-Hilol»da bir qator vaziyatlar yuzaga keldi, toshkentliklar esa birinchi bo‘limda bo‘lgani kabi raqib darvozasi oldida birorta xavfli vaziyat yarata olmadi. Nursiz hisob o‘yin yakuniga qadar saqlanib qoldi.
Guruhning ikkinchi o‘yinida «Shabob al-Ahli» Peres Kondening yagona goli evaziga «Shahr Xodro»ni taslim etdi. Mazkur o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan Aziz G‘aniyev 46-daqiqada zaxiraga olindi.
Shu tariqa 4-turdan keyin «Al-Hilol» 10 ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. «Paxtakor» esa 7 ochko bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. «Shabob al-Ahli» (6) uchinchi o‘ringa joylashgan bo‘lsa, «Shahr Xodro» birorta ham ochko to‘play olmay, so‘nggi pog‘onada bormoqda.
«Paxtakor» O‘zbekiston — «Al-Hilol» Saudiya Arabistoni 0:0
«Paxtakor»: Sanjar Quvvatov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Yegor Krimes, Farruh Sayfiyev (Akrom Komilov, 77), Odiljon Hamrobekov, Abrorbek Ismoilov, Sardor Sobirxo‘jayev, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 67), Jaloliddin Masharipov, Eren Derdiyok (Igor Sergeyev, 67).
«Al-Hilol»: Abdulloh al-Muayuf, Ali al-Bulayhi, Sebastyan Jovinko, Nossir al-Dovsari, Bafetimbi Gomis, Andre Karrilo, Chan Hyun Su, Amir Kurdi, Muhammad Kanno, Salim al-Dovsari (Hattan Bahberi, 89), Muhammad Jahfali.
Ogohlantirishlar: Ismoilov (45), Kanno (66).
«Shahr Xodro» Eron — «Shabob al-Ahli» BAA 0:1
Gol: 0:1 – 83 Konde. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi