22:15 / 20.10.2021
1 668

"Li Man" murabbiyi: "Nasaf" bu murabbiy bilan chempion bo‘lishiga ishonchim komil!

"Li Man" murabbiyi: "Nasaf" bu murabbiy bilan chempion bo‘lishiga ishonchim komil!
OFK Kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan bahsda "Nasaf" Gong Kongning "Li Man" klubini 3:2 hisobida mag‘lub etib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Chan Xyu Ming ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Birichni bo‘lib, "Nasaf"ni o‘ta muhim g‘alaba va final yo‘llanmasi bilan tabriklamoqchiman. Xulosalarim, ular bizdan kuchliroq ekan. Bugungi raqibimiz texnik tomondan ancha kuchli jamoa ekanligini bilardik.

Biz maydonda borimizni berdik. Agar xato tufayli tezkor gol o‘tkazib yubormaganimizda, mag‘lub bo‘lmasligimiz mumkin edi. Chunki asosiy vaqt yakunida tablodagi hisob 2:2 edi. Hatto, g‘alaba qozonishga ham imkoniyatimiz bo‘ldi.

Raqib to‘p bilan yaxshi muomala qildi. Bu borada ham ularda ustunlik bor. O‘yin oldidan o‘z vaziyatlarimizdan maksimal foydalanishga majburligimizni bilardik. Umuman olganda, bugun chiroyli futbol guvohiga aylandik.

Yana bir jihatga e’tiboringizni qaratishingizni so‘rar edim. Agar yarim final ikki o‘yindan iborat bo‘lib, Gong Kongda javob uchrashuvi o‘tkazilsa, boshqacha natija bo‘lishi ham mumkin edi. Menimcha, bunday musobaqalarning hal qiluvchi bosqichi uy-safar tizimida o‘tkazilishi lozim.

Raqibimizda kuchli jamoa va yaxshi murabbiy bor. O‘ylaymanki, bu ularga hal qiluvchi bahsda ham qo‘l keladi. "Nasaf" finalda bu murabbiy bilan chempion bo‘la olishiga ishonchim komil!

O‘yin uchun tuzilgan rejamiz aniq edi. Mudofaani mustahkam ushlab, qarshi hujumlardan maksimal foydalanmoqchi edik. Afsuski, tezkor gol barchasini o‘zgartirib yubordi. Bir jihatga e’tibor bersangiz, "Li Man" tashkil topganiga 4 yil bo‘ldi. Ko‘pchilik bizni OFK kubogida bunday kurasha olishimizni kutmagandi.

Menimcha, biz hurmatga sazovor bo‘la oldik va turnirni boshimizni tik tutgan holda tark etyapmiz".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Li Man" murabbiyi: "Nasaf" bu murabbiy bilan chempion bo‘lishiga ishonchim komil!