Yerda kuchli magnit boʻroni boshlandi

Yerda kuchli magnit boʻroni boshlandi

Bugun kechqurun Quyoshdagi X klassiga mansub chaqnash natijasida hosil boʻlgan plazma buluti Yerga yetib kelishi oqibatida magnit boʻroni boshlandi. Bu haqda Amaliy geofizika instituti maʼlumotlariga tayanib xabar berildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kuzatuvlarga koʻra, Toshkent vaqti bilan tushdan soʻng dastlab G1 darajasidagi magnit boʻroni qayd etilgan boʻlsa, bir necha soat oʻtgach hodisa G2 darajasigacha koʻtarildi. Mutaxassislar vaziyatni doimiy nazorat qilib bormoqda.

Avvalroq olimlar 3-iyun kuni yuz bergan M9.3, M7.7 va X1.0 darajasidagi chaqnashlardan soʻng bir nechta plazma bulutlari sayyoramiz tomon harakatlanayotgani haqida ogohlantirgan edi. Ushbu hodisalarning har biri koinotga katta miqdordagi modda otilib chiqishi bilan kuzatilgan.

Yangilangan hisob-kitoblarga koʻra, juma kungi boʻron asosan G1 va G2 darajalari atrofida boʻlishi kutilmoqda. Bunday geomagnit tebranishlar aloqa vositalari va energotizimlar ishiga, shuningdek, salomatligida muammosi bor insonlarga taʼsir koʻrsatishi mumkin.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Abror Shuhratov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Yerda kuchli magnit boʻroni boshlandi – Zamin.uz, 06.06.2026